Sayt test rejimida ishlayapti

Olmaota: O‘zbekistonlik quruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

91
23.07.2026
Ulashish
Olmaota: O‘zbekistonlik quruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

Oʻzbekiston delegatsiyasi Olmaotaga xizmat safari bilan tashrif buyurdi 

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik qurilish kompaniyalarining qurilish ishlari va xizmatlari eksportini kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – D.Adilov;
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi –D.Vaxabov;
Oʻzbekiston Quruvchilar assotsiatsiyasi raisi – M. Niyazmuxamedov;

LAND HOUSE, MURAD BUILDINGS, Nau Homes, SOLIDEX, TREST-12, UET Construction, O`ZSHAHAR QURILISH INVEST
kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.

Tashrif doirasida Olmaota shahri hokimi bilan uchrashuv oʻtkazilib, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, qurilish xizmatlari eksportini rivojlantirish hamda oʻzbekistonlik kompaniyalarning istiqbolli investitsiya va qurilish loyihalaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Mazkur xizmat safari Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va oʻzbekistonlik qurilish kompaniyalarining Qozogʻiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.