Sayt test rejimida ishlayapti

Xitoyning yetakchi qurilish kompaniyalari delegatsiyasi O‘zbekiston Quruvchilar uyushushiga rasmiy tashrif buyurdi

11
30.07.2026
Ulashish
Xitoyning yetakchi qurilish kompaniyalari delegatsiyasi O‘zbekiston Quruvchilar uyushushiga rasmiy tashrif buyurdi

2026-yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi Xitoy Xalq Respublikasi qurilish sohasi vakillaridan iborat rasmiy delegatsiyani qabul qildi.

Tashrif Shinjan Yevrosiyo investitsiya va savdoni rivojlantirish kompaniyasi hamda Xitoy Ko‘chmas mulk assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi qurilish va ko‘chmas mulk sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini muhokama qilish, tajriba almashish hamda ikki mamlakat qurilish kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi vakillari mamlakat qurilish sohasining bugungi holati, bozor rivojlanish istiqbollari, investitsiya imkoniyatlari, amaldagi standartlar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdilar. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda O‘zbekiston va Xitoy korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Xitoy delegatsiyasi tarkibiga quyidagi kompaniyalar vakillari kirdi:

 Fujian Tianmin Green Building Industry Co., Ltd; 

 Zhejiang Shubiao Intelligent Home Technology Co., Ltd; 

 Zhejiang Yanhe New Materials Co., Ltd; 

 Zhejiang Jiufeng Aluminum Co., Ltd; 

 Zhongli Glass Co., Ltd; 

 Hangzhou Zhijiang Organosilicone Chemical Co., Ltd; 

 Hebei Haiyang Shunda Energy-saving Glass Co., Ltd; 

 Fusite Construction Technology Co., Ltd; 

 Shandong Weilan Glass Co., Ltd; 

 Dezhou Dayang Air Conditioning Equipment Co., Ltd. 

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishbilarmonlik missiyalarini tashkil etish hamda O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi a’zolari va Xitoy qurilish kompaniyalari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.