Sayt test rejimida ishlayapti

O‘zbekiston Quruvchilar Uyushmasi qurilish biznesiga ta’sir qiluvchi qarorlar muhokamasida ishtirok etmoqda

16
23.09.2026
Ulashish
O‘zbekiston Quruvchilar Uyushmasi qurilish biznesiga ta’sir qiluvchi qarorlar muhokamasida ishtirok etmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Quruvchilar uyushmasi vakillari ishtirok etib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shaharsozlik sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish hamda o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini olib borganlik uchun javobgarlikning mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi.

Uyushma takliflarida qurilish sohasida tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ortiqcha ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va huquqiy ta’sir choralarining qoidabuzarlik xususiyatiga mutanosib bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqa yangiliklar