Sayt test rejimida ishlayapti

Quruvchilarning ovozi yangi darajada: O'ZBEKISTON QURUVCHILAR UYUSHMASI Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kirdi

25
15.09.2026
Ulashish
Quruvchilarning ovozi yangi darajada: O'ZBEKISTON QURUVCHILAR UYUSHMASI Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kirdi

O'ZBEKISTON QURUVCHILAR UYUSHMASI O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jamoatchilik kengashining yangi tarkibiga kirdi va Kengashning yangi tarkibdagi ilk yig‘ilishida ishtirok etdi.

Kengashning yangi tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF–175-son Farmoni bilan tasdiqlangan. Kengash tarkibidan 40 nafar vakil — tadbirkorlar, jamoatchilik vakillari, iqtisodchilar, huquqshunoslar va soha ekspertlari o‘rin olgan. 

Kengashning yangi tarkibdagi ilk yig‘ilishi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishga Biznes-ombudsman Abdamannop Buriev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov rahbarlik qildi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznes vakillarining taklif va tashabbuslarini muhokama qilish hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Bu qurilish sohasi uchun nimani anglatadi?

O'ZBEKISTON QURUVCHILAR UYUSHMASIning Kengashdagi ishtiroki — bu qurilish sohasidagi tizimli masalalarni, bozor ishtirokchilarining takliflarini va sohani rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni bevosita muhokamaga olib chiqish uchun yangi imkoniyat.

Bu biz uchun shunchaki yangi maqom emas.

Bu — qurilish sohasi manfaatlarini ifodalash, dolzarb masalalarni kun tartibiga olib chiqish va sohaning kelajakdagi rivojiga xizmat qiladigan yechimlarni shakllantirishda faol ishtirok etish mas’uliyatidir.

Ilk yig‘ilish o‘tkazildi.
 Endi esa — aniq ishlar va natijalar sari.

Boshqa yangiliklar