Sayt test rejimida ishlayapti

Ish beruvchilar huquqlari muhokamada

269
29.04.2026
Ulashish
Ish beruvchilar huquqlari muhokamada

28-aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi hamkorligida mehnat munosabatlarida ish beruvchilar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda 250 nafardan ortiq tadbirkorlar, mutaxassislar va HR rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Davron Vaxabov Konfederatsiya raisi etib saylandi. Hududlarda faoliyatni kengaytirish maqsadida palata bo‘linmalari rahbarlari rasmiy vakillar sifatida belgilandi.

Muhokamada asosiy masalalar sifatida ishga olish va bo‘shatish tartibini soddalashtirish, ish haqi kechikishi bo‘yicha kompensatsiyalarni qayta ko‘rib chiqish, mehnat nizolarini tezkor hal etish, hisobotlarni qisqartirish va integratsiya qilish hamda byurokratik talablarni kamaytirish masalalari ko‘tarildi.

Takliflar asosida ish beruvchilar uchun yanada qulay va shaffof muhit yaratish bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi.

Boshqa yangiliklar