Sayt test rejimida ishlayapti

Qurilish sohasidagi normativ hujjat loyihasi muhokama qilindi

205
16.07.2026
Ulashish
Qurilish sohasidagi normativ hujjat loyihasi muhokama qilindi

Qurilish sohasidagi normativ hujjat loyihasi muhokama qilindi

O‘zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi qurilish qiymatini hisoblashda pudrat tashkilotlarining boshqa xarajatlarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.

Muhokamada Assotsiatsiya raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vakillari hamda mamlakatning yetakchi pudrat tashkilotlari — «Trest-12» AJ, «Construction Asia» QK MChJ, «KOC Construction Mekanik Elektrik» MChJ, «United Building» MChJ, «O‘zshahar Qurilish Invest» AJ, «SUV Standart Service» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ishlar boshqarmasi huzuridagi «Qurilish birlashmasi» DUK va «Arxitektura Yo‘li Loyiha» MChJ vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar xarajatlarning har bir moddasi, hisob-kitob formulalari hamda hujjatni amaliyotda qo‘llash masalalarini batafsil ko‘rib chiqib, qurilish ishlarining iqtisodiy jihatdan asoslangan narxini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, professional hamjamiyatning yagona pozitsiyasini shakllantirish va tegishli takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Quruvchilar Assotsiatsiyasi sohani takomillashtirish va normativ-huquqiy bazani rivojlantirish maqsadida davlat organlari hamda qurilish hamjamiyati o‘rtasida ochiq muloqotni izchil davom ettirmoqda.